Bişkekda xususiy tez yordam maşinasi maxsus signallardan foydalanib, tandir somsa tayyorlaydigan joyga şoşilgani ma'lum böldi. Bu haqida Facebook'dagi "Qora röyxat" ("Çyornyy spisok") guruhi a'zosi Ilya Balinov xabar berdi. 

"Bugun bir soat oldin Nekrasov köçasi böylab janubiy yönalişda ketayotgandim, Moskovskiy köçasidan boşlab tirbandlik yuzaga kelgandi. Birdan sirena ovozi eşitildi va oynadan qarama-qarşi yönalişda kelayotgan tez yordam maşinasini kördim. Unga heç kim halaqit bermadi, hamma ötkazib yubordi. Keyin Tolstoy va Nekrasov köçalari kesişgan çorrahada u svetoforning qizil çiroğida signallarini yoqqança ötib ketdi", - deb yozadi foydalanuvçi.

"Çorrahadan şoşilib ötgan tez yordam maşinasi qahvaxonaning yonida tandir somsa xarid qiliş uçun töxtadi, söng xuddi şunday signallarini yoqqança ortga qayirilib ketişdi", - deya qöşimça qiladi Ilya Balinov. 

Uning fikriça, bunday holatlardan keyin haydovçilarning tez yordam maşinalarini ötkazib yubormasligiga ajablanmasa ham böladi. Ta'kidlanişiça, transport vositasi "Ayu-Medikal" xususiy tibbiy markaziga tegişli bölgan.