Suriyaning Al-Bob şahri tez orada IŞID jangarilaridan xalos böladi. Bu haqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning bayonotiga asoslanib, "Anadolu" naşri xabar berdi.
"Şahar şifoxonasining strategik ahamiyatga ega korpusi IŞID terrorçilaridan ozod qilinganidan keyin şaharning IŞIDdan butkul xalos bölişiga oz vaqt qoldi. Terrorçilar şaharni tark etişmoqda", - dedi Turkiya rahbari.
Hozirga kelib Al-Bob töliq bloklangan, şaharda jang ketmoqda. Turk harbiylari şahar uzra nazorat örnatganidan söng "Myunbiç va Raqqani ozod qiliş masalasi dolzarblaşadi", dedi Erdöğan. U bu masala Vaşingtonning yangi ma'muriyati bilan muhokama qilinayotganini ta'kidladi.












