Avstriya politsiyasi Adolf Gitler qiyofasida uning ona şahri bölgan Braunau-am-Inn böylab sayr qilib yurgan erkakni qidirmoqda. Bu haqda "Oberösterreichische Nachrichten" naşri xabar bermoqda.
Gitler zamonidagi kostyum kiygan, diktatorga xos möylab va soç turmagiga ega yoş erkakni bir neça bor körişgan. Guvohlarning aytişiça, "soxta" Gitler 25-30 yoşlar atrofida. Şuningdek, u Gitler tuğilgan uy fonida suratga tuşgan va kitob dökonida Ikkinçi jahon uruşi haqidagi jurnallarni varaqlagan.
Gitler qiyofadoşi taşrif buyuradigan barda u "Xarald Gitler" nomi bilan ma'lum.
Avstriya huquq-tartibot muassasalari bu vaziyatning barça tafsilotlarini aniqlaştirmoqdalar va erkak jazolanişi mumkinligini aytişmoqda.
"Adolf Gitler şaxsini boşqalar köz öngida uluğlaş – jinoyatdir", deb izoh berilgan bu holatga hududiy prokuraturada.












