Iroqning Iraqi Airways aviakompaniyasining samolyoti Saudiya Arabistonining Jidda şahri yaqinidagi aeroportga qöniş vaqtida şassilaridan biri yonib ketdi. Şu sababli 365 ga yaqin yölovçi tezlik bilan samolyotdan evakuatsiya qilingan. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, yölovçilar "rekord qisqa vaqt içida heç qanday jabrlanganlarsiz" evakuatsiya qilinganlar.
Voqea samolyot Qirol Abdul-Aziz nomidagi aeroportga qönayotganda yuz bergan. Samolyot ekipaji sardori aeroport vakillarini radio orqali muammo haqida ogohlantirgaç, aeroport öt öçiriş brigadasi zudlik bilan voqea joyiga yöl olgan.












