Suriya prezidenti Başar Asad Suriyada muddatdan oldin prezidentlik saylovlari ötkazilişi mumkinligini aytdi. U bu haqda Yahoo News axborot portaliga bergan intervyusida aytdi. Asadning aytişiça, biroq "bu haqda gapirişga erta". Avval parlament saylovlari ötişi va milliy birdamlik hukumati yaratilişi lozim. Ammo terrorçilar ustidan ğalaba qozonmasdan buni amalga oşirib bölmaydi. 

Asad, şuningdek, IŞIDga qarşi kuraşda eng köp uluşni Ğarb davlatlari koalitsiyasi emas, balki Rossiya kiritayotganini aytdi.

"Iroqdagi uruş IŞIDning paydo bölişiga olib keldi. IŞIDni kim yaratgan? Men yaratdimmi? Balki sizdir? Biz terrorçilarga pul bermaganmiz, ularni qöllab-quvvatlamaganmiz. Sizning davlatingiz esa qöllab-quvvatladi. Buyuk Britaniya va Fransiya ham. IŞID esa AQŞ emas, balki Rossiya aralaşuvidan keyin mağlub böla boşladi. Ruslar ularga hujum qilib, ularni yakson qila oldilar", deb aytdi Asad.  

Asad AQŞ IŞIDga qarşi olib borayotgan kampaniyani "pardozlaş" deb aytdi. Asadning aytişiça, Suriya Rossiyadan terrorçilikka qarşi kuraşga qöşilişni söraganda "ruslar bu masalaga samimiy yondoşganlar". Asadning ta'kidlaşiça, agar amerikaliklar ham şunday samimiy bölsalar, unda Damaşq ham ularning va istalgan boşqa davlatning bu kuraşdagi iştirokini qöllab-quvvatlaydi.