AQŞ dollari va Yevropa umumiy valyutasi yevro Rossiyaning milliy valyutasi – rublga nisbatan öz qadrini yöqotmoqda. Rubl sönggi bir yarim yildagi qadrini tiklamoqda. Bunga carry trade sarmoyadorlarining Rossiya aktivlariga qiziqişi ortayotgani sabab qilib körsatilayapti.
13 fevral kuni soat Moskva vaqti bilan 10:28da dollar kursi "ertaga" hisobi bilan 0,14 rublga tuşib, 58,1 rublni taşkil etdi. Yevro esa, 0,15 rublga arzonlaşgan va 61,80 rubl etib belgilangan. Moskva birjasi ma'lumotlari şundan darak bermoqda.
Bunda savdo boşlanişida rubl dollarga nisbatan 57,9625 rublgaça kötarilgan. Bu borada yevroga nisbatan körsatkiç 61,32 rubl bölgan. Ayni raqamlar 2015 yil iyul va iyun oylaridan keyingi eng past körsatkiçlardir.
Markaziy bank qat'iy pul-kredit siyosati olib borayotgan bir vaqtda rivojlangan mamlakatlar qarz instrumentlaridagi stavkalarning turli-tumanligi investorlarning e'tiborini Rossiyaga qaratmoqda. Bu ayni vaqtda carry trade doirasida Rossiyaga sarmoyalar oqimini kuçaytirmoqda.
Sarry trade usulida investorlar stavkasi kamroq banklardan qarz olgan holda, boşqa daromadi yuqoriroq sohalarga katta pul tikadi.












