Avstriya poytaxti Vena şahrida bitkoinlar bilan işlovçi dunyodagi birinçi bank oçildi.

Bitkoinning özi nima?

Bitkoin – eng ommabop virtual valyuta bölib, ikki tomon örtasidagi elektron tölov vositaçilarsiz amalga oşiriladi. Şu bilan bir qatorda, komissiya yoki juda ham kiçik, yoki umuman yöq. Tizimdagi barça tranzaksiyalar haqidagi ma'lumot yagona oçiq reyestrda qayd etib boriladi.

Elektron valyutalar tizimidagi amaliyotlarni kuzatiş odatda juda qiyin bölib, bitkoinlarning tranzaksiyasi uçun heç qanday şaxsiy ma'lumotlar kerak bölmaydi. 

Venadagi «Bitcoin-Bank» banki Bit Trust Services Berlin startap-kompaniyasi tomonidan oçildi. U yerda mijozlar kriptovalyuta haqida tölaqonli ma'lumot olişlari va tizimda röyxatdan ötişlari mumkin. Virtual hamyon egalari esa öz bitkoinlarini yevroga yoki aksinça ayirboşlaş imkoniga egalar.

Avstriya – iqtisodiy tizimida bitkoinlar aylanişiga tösqinlik qilmaydigan kam sonli davlatlardan biri bölib, u yerda taxminan uç yil muqaddam birinçi bitkoin-bankomat oçilgan. Vena şahrida qariyb 20 kompaniya va muassasalar bitkoinlarni tölov uçun qabul qiladi.