Yöllar – dunyoning istalgan davlatidagi hayot sifatining eng muhim körsatkiçidir. Yöl qoplamasi bilan boğliq muammolarni hal etişga kompleks yondaşuv davlatga yanada kuçliroq böliş imkonini beradi, çunki tomirlar böylab qon qançalik tezlik bilan aylansa – butun organizm şunçalik köp quvvat oladi. Afsuski, köplab davlatlarda bunday konsepsiyani amalga oşiriş böyiça bir qança öziga xos muammolar mavjud.
Kun.uz quyida dunyodagi eng yomon va yaxşi yöllar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etadi.
Ölim yöli

Boliviya
Boliviyadagi ölim yöli The North Yungas Road – sirpançiq va loyga töladir. Har yili bu öta tor yölda (ikkita avtomobil bir vaqtning özida siğmaydi) 500ga yaqin kişi halok böladi.
M56 «Lena»

Rossiya
Rossiyadagi M56 trassasining uzunligi 1235 kilometr. U dunyodagi eng loyli va noqulay yöl hisoblanadi. Federal miqyosdagi trassada asfalt bir neça qismga yotqizilgan bölib, «Lena»ning aksariyat qismi haydovçining qörqinçli tuşiga öxşaydi.
Stelvio dovoni

Italiya
Stelvio dovonidagi yöl unçalik qörqinçli tuyulmasligi mumkin, biroq şamol hattoki yuk maşinasini ağdarib yuborişiga qodir bölgan bu yer kamdan-kam insonga yoqadi. Atigi 3 kilometrlik yöl haydovçilarga jiddiy noqulayliklar keltirib çiqaradi: keskin burilişlar, sifatsiz yöl qoplamasi va şamol huddi şahar poygalarida iştirok etayotgandek tasavvur uyğotadi.
Panamerika şossesi

AQŞ
Bu xayvey barça qismlarida juda xavfli: siz Alyaskadan Janubiy Amerikaga qadar 70 ming kilometrni bosib ötişingiz mumkin va bunda albatta qandaydir muammolar kelib çiqişi tabiiy. Yölning köp qismlari juda ayançli ahvolda. Bu nafaqat mahalliy xizmatlar aybi bilan, balki doimiy ravişda özgarib boruvçi ob-havo tufayli ham yuz beradi.
Siçuan-Tibet yöli

Xitoy
Har 100 ming kişidan 7 500 nafarining ölimiga sabab böladi. Şunday köngilsiz statistikadan söng dunyodagi eng xavfli yöl barçani taşvişga solişi şubhasiz – kutilmaganda röy beruvçi köçkilar, qor köçkilari va özgaruvçan ob-havo, bularning bari şu yerda kuzatiladi.
Buyuk Okean yöli

Avstraliya
Buyuk Okean yöli qirğoq böylab çözilgan bölib, haydovçiga gözal tabiat manzalaridan bahra oliş imkonini beradi. Xayveyning yuzasi esa unçalik yaxşi emas, biroq qulaylik va xavfsizlik yuqori darajada.
Dubay

BAA
Dubay yöllari alohida tahsinga loyiq. Avtomagistrallar Germaniyadan olib kelingan texnologiyalar böyiça quriladi. Köp yarusli trassalar esa dunyoning barça yeridan kelgan eng yaxşi muhandislar va arxitektorlar tomonidan loyihalaştirilgan.
Singapur

Singapur – Osiyo ajdahosidagi haqiqiy marvariddir. Şahar-davlat yöllarni ajoyib holatda saqlaş uçun juda ham katta mablağlar sarflaydi va har yili dunyodagi eng yaxşi yöllar röyxatidan joy olib keladi.
Lissabon

Portugaliya
Portugaliya poytaxti Lissabon reytingning yuqorisidan joy olgani bejiz emas. Portugaliyaliklar yöllar sifati böyiça hattoki nemislarni ham ortda qoldirişdi.
Parij

Fransiya
Parij dunyodagi eng yaxşi yöllar maskani sanaladi. Fransiyaning boşqa hududlarida ham siz texnik xizmatni bemalol çaqirişingiz mumkin va u tezda yetib keladi. Mamlakatdagi hattoki bepul yöllar ham juda sifatli yöl qoplamasiga ega.











