AQŞning Ostinida United Airlines aviakompaniyasining ayol uçuvçisi öz boşidan ötkazayotgan ajrim jarayoni va AQŞdagi saylovlar yakuni haqidagi balandparvoz sözlari uçun reysdan olindi. Bu haqda NBC kanali xabar berdi.
Hodisa şanba kuni keçqurun röy bergan. Guvohlarning sözlariga köra, Ostindan San-Frantsiskoga yöl olişi rejalaştirilgan samolyotni boşqarişi kerak bölgan ayol uçuvçi salonda oddiy kiyimda paydo bölib, yölovçilarga içki aloqa tizimi orqali murojaat qilgan.
Ayolning ma'lum qilişiça, Klinton uçun ham, Tramp uçun ham “ular yolğonçilar tödasi” bölgani uçun ovoz bermagan.
“Keçirasiz, men hozir ajraşmoqdaman”, - deya qöşimça qilgan u.
Reys yölovçilaridan biri Rendi Rays esa hodisaga Twitter’dagi sahifasida izoh bergan. “Men hozir yaxşi ahvolda emasman. United Airlines 455 reysining qömondoni u yaxşi ruhiy holatda emasligini bildirdi va biz bundan juda ham qattiq taşvişlandik”, - deya yozdi u.
Yölovçi şuningdek hodisa videosini ham taqdim etdi, biroq keyinçalik uni köriş imkonini tösib qöydi.
Ayni damda YouTube’da hodisa haqidagi boşqa rolik taqdim etilgan. Kadrlarda Rays samolyotni tark etişga urinayotgani tasvirlangan. Ayol avvaliga samolyotni erkak-uçuvçi boşqarişi haqida aytdi, keyin esa Rays unga erkak-uçuvçini xafa qilib qöygani yuzasidan murojaat qilgan.
Raysdan söng samolyotda bölgan yölovçilarning taxminan yarmi çiqib ketgan.
United Airlines kompaniyasi ayol uçuvçi almaştirilganini tasdiqladi. Reys taxminan bir yarim soatlik keçikiş bilan parvoz qildi.
Rays va boşqa yölovçilar asabi qattiq buzilgan ayolga yordam kerakligini alohida ta'kidlaşdi.












