World Press Photo (WRR) xalqaro tanlovining hakamlar hay'ati fotomukofotning 60-sovrindorlari nomini e'lon qilişdi. Boş mukofot Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovning qotili Mavlut Oltintoşni suratga olişga muvaffaq bölgan Associated Press fotomuxbiri Burxon Özbilijiga nasib etdi.
Özbilijining bu surati «Turkiyadagi suiqasd» deb nomlangan. Uşbu surat, şuningdek, «eng yaxşi yangiliklar fotosi» nominatsiyasida ham ğolib bölgan.
Surat 2016 yilning 19 dekabrida zamonaviy san'at markazida, «Rossiya sayyohlar köz öngida» körgazmasining oçilişida olingan. Öşanda sobiq politsiyaçi Mavlut Mert Oltintoş 62 yoşli diplomatga qarata öq uzgandi.
Dekabr oyida surat muallifi deyarli tasodifan körgazmaga kirgani haqida sözlab bergandi. U Rossiya-Turkiya munosabatlariga oid materiallarda yangi suratlar kerak bölib qolişini öylab, yöl-yölakay körgazmaga kirgan. Köz öngida bir insonning hayotiga nuqta qöyilişi uni ham şokka tuşirgan, biroq u professional burçi tufayli suratga olişdan töxtamagan.
«Bu juda xavfli edi, qotil öq uzib bölişi bilan suratga olingan. Mendan sovuq ter çiqib ketdi. Ammo, şu bilan birga, bu tarixiy lahzalar ekanini, uni suratga joylaş muhimligini tuşunib turardim», — deb hikoya qilgan tanlov ğolibi.
Uning aytişiça, 30 yilga yaqin vaqtdan beri suratkaşlik bilan şuğullanar ekan, jurnalistikani yanada yuqori saviyaga kötariş uçun muhim işni bajarayotganiga şubha qilmagan.
Umuman, tanlovda 125 mamlakatdagi 5 mingga yaqin professional fotosuratçilar olgan 80 mingdan ortiq surat qatnaşgan.











