Fan-texnika | 14:59 / 14.02.2017
12282
2 daqiqa o‘qiladi

Kun tarixi: 71 yil oldin 14 fevralda ilk dasturlovchi kompyuter namoyish etilgan

Ilk kompyuterlar Ikkinchi jahon urushiga qadar, biznes, hukumat va harbiylar uchun ko‘plab hisoblash vazifalarini bajarish talab qilingan davrda paydo bo‘lgan. Dastlab bunday qurilmalar oddiy hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi murakkablashtirilgan arifmometr bo‘lgan. Harbiylar ishtiroki olimlarga o‘sha paytlar ko‘pchilik ishonmagan murakkab tajriba qurilmalarini yig‘ish va rivojlantirishga mablag‘ jalb qilishga yordam bergan. Life shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

ENIAC - keng ko‘lamli vazifalarni dasturlash mumkin bo‘lgan birinchi kompyuter bo‘lgan. 1945 yilda yig‘ilgan kompyuter g‘alaba uchun xizmat qilishga ulgurmagan, ishlanma 1946 yilning 14 fevralidagina jamoatchilikka namoyish etilgan. U paytlar qurilma yadroshunoslarni jalb qilgan. 

Artilleriya snaryadlari parvozi trayektoriyasi hisob-kitobi uchun yig‘ilgan mashina Los-Alamoss labaratoriyasi uchun yana 10 yil hisoblash markazi sifatida xizmat qilgan. Aynan shu mashinada vodorod bombasining mavjudligi isbotlangan va termoyadro reaksiyasining nazariy natijasi (soddalashtirilgan shakli) hisoblangan. 

Yangi kompyuter fuqarolik ishlarida ham yordam bergan - unda o‘sha payt uchun misli ko‘rilmagan aniqlikdagi matematik konstantlarni hisoblash amalga oshirilgan. Keyin esa olimlar mashinani ob-havoni aniqlashga moslashtirishgan. 

Mavzuga oid