Dunyoning eng badavlat kişilardan biri, Amerikaning Microsoft korporatsiyasi asosçisi Bill Geyts Xitoydagi eng maşhur WeChat ijtimoiy tarmoğida şaxsiy akkauntini yaratdi. Uşbu sahifaga joylaştirilgan birinçi material kiçik 30 soniyali klip böldi. TASS agentligi şu haqida xabar berdi.
Geyts xitoy tilida internet foydalanuvçilariga şaxsiy blogini oçgani haqida xabar berdi, şundan söng özi odatlangan ingliz tiliga ötdi. Hozirga kelib milliarderning qiziqişlari va şaxsiy hayotiga oid şaxsiy sahifasini 100 mingdan ziyod kişi "ziyorat" qilgan.
"Men bu yerda özim uçratgan odamlar, öqigan kitoblarim va hayotdan olgan saboqlarim haqidagi ma'lumotlarni joylab boraman. Umid qilamanki, sizlar ham muhokamalarimizga qöşilasiz", - deyiladi işbilarmonning sahifasida.
Bugungi kunga kelib, WeChat foydalanuvçilari soni taxminan 900 million kişini taşkil qiladi. Ulardan 70 millioni XXR taşqarisida istiqomat qiluvçilardir. Bu ijtimoiy tarmoq surat va videolarni bepul yöllaş, ovozli va matnli xabarlar yöllaş orqali muloqot qiliş imkonini beradi.













