Amerikalik astronomlar radiolokatsiya yordamida Yer yaqinidan uçib ötgan 2017 BQ6 asteroidi tasvirini olişga muvaffaq böldilar. U 7 fevralda sayyoramizdan Oygaça bölgan masofadan 6 marta olisroq masofadan uçib ötgan.
Olimlar asteroidning yaltiraşiga asoslanib, uning ölçami 200 metrga yaqin ekanini aniqlaşdi. Samo jismi suratlari Janubiy Kaliforniyadagi Goldstoun radioobservatoriyasi yordamida 6 va 7 fevralda olingan. Radar ölçaşlari asteroid notöğri şaklga ega bölib, öz öqi atrofida 3 soatda bir marta aylanib harakatlanişini körsatgan.
"Radardan olingan tasvirlarda ötkir burçaklar, yassi va botiq hududlar hamda toş bölişi mumkin bölgan yorqin nuqtalarni köriş mumkin. 2017 BQ6 radar yordamida suratga olingan yer yaqinidan ötgan asteroidlardan eng qirralisidir", deb aytgan NASA’ning reaktiv harakat laboratoriyasidan Lans Benner. Asteroid 26 yanvarda AQŞning asteroidlarni izlaş loyihasi LINEAR (Lincoln Near Earth Asteroid Research) doirasida oçilgan.













