Hindistonda olti kişini öldirgan yölbars uşlandi, deb xabar bermoqda Metro naşri.

Uning ma'lumotiga köra, yirtqiç Pilibxit okrugidagi qöriqxonadan taxminan tört oy muqaddam qoçib ketgan. U öşandan beri yaqin atrofdagi qişloqlar atrofida oziq izlab yurgan, yanvarda esa odamlarga hujum qila boşladi. Yirtqiçning aksariyat qurbonlari oçiq havoda uxlayotgan bölişgan.

11 fevral kuni yölbars okrugdagi qişloqlardan birini qöriqlab ötirgan şaxsga hujum qildi. Şundan söng mahalliy fuqarolar bolta va tayoqlar bilan qurollanib, jonivorni qidirişga qaror qilişgan. Ular buning uçun qöşni maydonlarni örab olib, şakarqamiş ekinlarini traktorlar yordamida yer bilan bitta qilib taşlaşdi.

Yölbars bir neça soat ötib topildi – u öldirilgan erkakni yeyiş bilan maşğul bölgan. Yirtqiçga uxlatuvçi vosita bilan töldirilgan maxsus öqlar otildi, söngra uni katta qafasga joylab, Lakxnau şahridagi hayvonot boğiga olib ketişdi.

Naşrning ta'kidlaşiça, qişloq aholisi agarda yölbars uşlanmasa 15 fevralga rejalaştirilgan mahalliy organlarga saylovlarni baykot qiliş bilan tahdid qilişgan.