Ispaniya kubogining 2016/2017 yilgi mavsumi final uçraşuvi ötkaziladigan joy nomi ma'lum böldi. Bu haqda Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi xabar tarqatdi.
«Barselona» va «Alaves» uçraşadigan final öyini Madriddagi «Visente Kalderon» stadionida ötkaziladi.
Ispaniya kubogining 2016/17 yilgi mavsumdagi hal qiluvçi uçraşuvi 27 may kuni ötkaziladi. «Atletiko» uçraşuvni öz stadionida qabul qilişga rozilik bergan.
Eslatib ötamiz, oldinroq, «Atletiko» yangi qurib bitkazilayotgan stadionida har doim kubok finallarini ötkazişni taklif qilib çiqqandi.












