Tesla kompaniyasi BAAda öz elektrokarlari savdosini yölga qöyib, Yaqin Şarq bozoriga çiqdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Kompaniya Model S sedanlari va Model X yöltanlamaslariga buyurtmalar qabul qila boşladi. Ilk mahsulotlar joriy yilning yozida yetkazib berila boşlanadi. Tesla iyul oyida Yaqin Şarqdagi birinçi servis markazini oçişni rejalaştirmoqda. Hozirça faqatgina Dubai Mall savdo markazida savdo nuqtasi oçildi. Bundan taşqari, keyingi yilda Abu Zabida tölaqonli dökon va servis markazi xaridorlar uçun öz eşigini oçadi.

Ta'kidlanişiça, BAA dunyo neft zaxiralarining 6 foiziga ega bölib, OPeKdagi eng yirik işlab çiqaruvçilar röyxatida törtinçi örinni egallaydi. Mamlakat şuningdek Dubay politsiyasi avtoparkida Ferrari, Lamborghini va Bentley kabi kompaniyalarning superkarlaridan foydalaniş bilan ham maşhurdir.

Ayni damda Tesla Dubayda elektrokarlar uçun ikkita quvvatlantiriş stansiyalarni oçgan bölib, yil oxiriga qadar esa tarmoqni yana 5ta stansiyaga kengaytiriş rejalaştirilmoqda. BAAda Tesla narxlari Model S uçun 74,88 ming AQŞ dollari va Model X uçun 93,63 ming AQŞ dollaridan boşlanadi.

Tesla şuningdek Bahrayn, Saudiya Arabistoni va Ummon bozoriga çiqişni ham rejalaştirmoqda.