Ukraina boş vaziri Vladimir Groysman mamlakatning sobiq boş vaziri, parlamentdagi “Batkivşçina” fraksiyasi yetakçisi Yuliya Timoşenkoni “Ukraina iqtisodiy kuçsizligi”, korrupsiya va populizm onasi deb atadi.
Uning ta'kidlaşiça, Timoşenko özining 20 yillik siyosiy faoliyati davomida “Ukrainani yöqotiş uçun barça işni amalga oşirgan va unga har doim kimdir halal bergan”. Groysmanning eslatişiça, Timoşenko 2007 yilda uni Vinnitsa şahri hokimi lavozimidan çetlatişga uringan, biroq buning uddasidan çiqa olmagan.
“U mamlakat boş vaziri bölganidan ön yil ötdi, Vinnitsa şaharlar reytingidan 49-örindan birinçi poğonalarga kötarilgan bölsa, Ukraina uning boşqaruvi ostida – sönggi örinlarga tuşib ketdi”, - qöşimça qilib ötdi u.
Groysman saylanganidan söng Rada hukumat faoliyatining dasturini ma'qulladi – bu bir yil davomida uning iste'fosini imkonsiz qiladi. Şu tariqa, amaldagi hukumatda 2017 yilning apreliga qadar “immunitet” bor bölib, uning iste'fosiga sabab böluvçi heç qanday yuridik imkoniyat yöq.
Avvalroq Timoşenko Groysman boşçiligidagi Ukraina hukumatini iste'foga çiqarişga harakat qilişini aytdi. Bu kommunal xizmatlar tariflarining inqirozi fonida yuz berdi. “Batkivşçina” ötgan juma kuni Ukraina boş vazirini iste'foga çiqariş haqida taklif qildi, hujjat loyihasi parlament rasmiy saytida röyxatdan ötkazilgan. Biroq öşa kunning özidayoq hujjat yöqolib qoldi, Timoşenko esa loyiha parlament saytida duşanba kuni paydo bölmasa, sudga murojaat qilişini ma'lum qilgandi.
Ukrainada 2014 yildan beri Xalqaro valyuta jamğarmasi bilan hamkorlik doirasida aholi uçun gaz narxlari bir neça bor oşdi, şu bilan bir vaqtda, uy-joy kommunal xizmatlari tariflari ham qimmatlaşgan. “Kök yoqilği”ning ming kub metri qiymati aholi uçun 2013 yilda 725 grivendan 2016 yilda 6,879 ming grivengaça ösdi.
Ukraina hukumati şu munosabat bilan aholining kam ta'minlangan qatlamlariga oşib ketgan tariflar uçun kompensatsiya xarajatlari böyiça dasturni işga tuşirdi. Bu manzilli subsidiyalarni taqdim etiş orqali amalga oşiriladi. Hujjatga köra, iste'molçilar avvaliga xizmatlar qiymatining 50 foizini tölaşlari mumkin, qolgan qism esa kelasi isitiş mavsumi boşlanişiga qadar qoplanişi kerak.












