Aksariyat odamlar valyuta bozorlari - tavakkal savdo va qisqa muddatli spekulyatsiyalar maskani ekaniga könikdi. Bozor Tramp davrida dollar kulbitlari, Brexit referendumidan keyin Britaniya funtining tanazzuli va neft narxlari ketidan Rossiya rublining "parvozi"ni kuzatişga örganib qoldi.

Şunga qaramay, ba'zi emitent-mamlakatlar iqtisodiyotining kuçli fundamental körsatkiçlari tufayli işonçli, uzoq muddatli investitsiya bölişi mumkin bölgan valyutalar köp investorlarning diqqat markazidan taşqarida. InsiderPro unutilişga noloyiq 5 mamlakat valyutasi haqida ma'lumot ulaşdi.

 

Janubiy Koreya vonasi

Janubiy Koreya allaqaçon mintaqaning sanoat markazi reputatsiyasiga ega. Samsung, Hyundai va Posco kabi Koreya firmalari mahsulotlari sifatli. Janubiy Koreyaning moliyaviy tizimi ham kuçli: qarzning YaIMga nisbati 39 foizni taşkil qiladi, mamlakat YaIM yiliga 3 foizga oşmoqda, joriy operatsiyalar hisobi profitsiti (daromadlarning xarajatlardan oşişi) 7,7 foizni taşkil qiladi.

 

Malayziya ringgiti

Malayziya 1957 yilda mustaqillikni qölga kiritganidan söng defoltni ham, 20 foizdan yuqori yillik inflyatsiyani ham boşidan keçirmagan yagona rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Malayziya markaziy banki inflyatsiyani past darajada uşlab turişda ajoyib tajribaga ega, xom neft, palma yoği, minerallar va boşqa tabiiy resurslar eksporti esa mamlakatga valyuta zaxirasining mustahkam darajasini saqlab qoliş imkonini beradi.

Norvegiya kronasi

Norvegiya Yevropadagi eng barqaror valyutaga ega. Neft eksporti, hayotning yuqori darajasi, joriy operatsiyalar hisobi böyiça saldo (9 foiz), qarzning YaIMga nisbati (atigi 39 foiz) tufayli Norvegiya iqtisodiyoti öz valyutasi kuçini saqlab qoliş va mintaqaning qolgan qismidagi tuzilmaviy muammolardan xavotir olmasa ham böladi. Modomiki Norvegiya Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmas ekan, yevrohududda vaziyat yomonlaşgan taqdirda krona investorlar uçun "boşpana" bölişi mumkin.