Venesuela va Xitoy 13 fevralda umumiy qiymati 2,7 mlrd dollarlik, hamkorlik haqidagi 22 ta yangi kelişuvni imzoladi, deb xabar berdi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro.
Maduroning aytişiça, Xitoy bilan 2004 yil oxiridan 790 ta qöşma loyiha yölga qöyilgan. Ulardan neft, quriliş, turar-joy, aloqa yöldoşlarini uçiriş va turli işlab çiqariş sohalaridagi 495 tasi yakunlangan. Yana 205 ta loyiha amalga oşirilişi davom etmoqda, 90 ta loyiha esa yaqin orada boşlanadi.
Maduroning ta'kidlaşiça, 2007 yilda taşkil etilgan Xitoy-Venesuela jamğarmasi Venesuela rivojlanişiga 20 mlrd dollar kiritgan. Yana 42 mlrd dollar mablağ yirik investitsiyalar jamğarmasi orqali investitsiya qilingan va şu tariqa, Xitoyning Janubiy Amerikaning uşbu davlatiga kiritgan umumiy investitsiyalar miqdori 62 mlrd dollarga yetgan.












