14 fevral kuni Malayziyada KXDR rahbari Kim Çen Inning ögay akasi Kim Çen Nam öldirib ketildi. U KXDRning avvalgi rahbari Kim Çen Irning örnini egallaşi mumkin bölgan, oxir-oqibatda uçinçi öğil hokimiyatni egallagan, aka esa mamlakatdan çiqib ketgandi. Quyida oçiq ma'lumotlar asosida Şimoliy Koreyani köp yillardan buyon boşqarib kelayotgan Kimlar sulolasi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kim Çen Ir 4 marta uylangan, rasmiy ma'lumotlarga köra, u 3 öğil körgan. Ammo, norasmiy manbalarga köra, şimoliy koreyalik dohiyning jami 17 farzandi bölgan va ulardan 9 nafari nikohsiz farzandlar.

Birinçi rafiqasi — Son He Rim (1932-2002)
Öğli — Kim Çon Nam (1971 - 2017) Şveytsariyada tahsil olgan. 2001 yilda u Yaponiyaga soxta pasport bilan kirişga urinişda ayblanib, Yaponiya hukumat tomonidan qölga olingan. Kim Çon Namning özi öşanda şunçaki Tokiodagi «Disneylend»ga kirişni istagani haqida aytgandi. U şundan söng otasining ğazabiga uçradi va mamlakatni tark etdi. Kim Çen Ir 2011 yilda vafot etdi, u Xitoyga taşrifi vaqtida otasining örniga da'vogarlik qilişni niyat qilmagani haqida bildirdi. Lekin uning ögay ukasi Kim Çen In hokimiyat tepasiga kelganida akaning taqdiri hal qilingandi. Avvaliga 2012 yilda Makaoda şimoliy koreyalik agentlar unga suiqasd uyuştirişdi, lekin Kim Çen Nam omon qoldi, 2017 yilning 14 fevralida Malayziyadagi aeroportdagi suiqasd natijasida vafot etdi.

Ikkinçi rafiqa — Kim Yon Suk (1947 yilda tuğilgan)
Qiz — Kim Sol Son (1975 yilda tuğilgan). Partiya taşviqoti bölimida faoliyat körsatadi. U otasi davrida dohiyning şaxsiy kotibi bölgan.

Uçinçi rafiqa — Ko Yon Hi (1953 - 2004). Raqqosa va aktrisa.
Öğil — Kim Çen In (Tuğilgan yili aniq emas, taxminan 1983 yoki 1984 yilda). Şveytsariyada tahsil olgan, 2011 yildan KXDR rahbari.