«PSJ» futbol klubi Çempionlar ligasining 1/8 finali doirasida «Barselona»ni birinçi uçraşuvda mağlubiyatga uçratdi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida keçgan bahs 4:0 hisobida yakunlandi.

Birinçi bölim örtalarida Anxel Di Mariya jarima maydonçasi içidan kuçli zarba berib hisobni oçdi. 40-daqiqada Yulian Draksler Marko Verrattining töp uzatişidan söng hisobni 2:0 körinişiga olib keldi.

60-daqiqada Di Mariya «Barselona» darvozasining çap töqqizligiga aniq zarba berib, hisobni yanada yiriklaştirgan bölsa, Tomas Mene 71-daqiqada Edinson Kavaniga ajoyib töp uzatişini amalga oşirdi hamda u yaqin burçakni aniq nişonga oldi – 4:0.

Javob bellaşuvi 8 mart kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bölib ötadi.