Terrorizmda ayblangan AQŞ fuqarosi Gruziyaning Batumi şahridagi aeroportda qölga olindi. Bu haqda Gruziya IIVga asoslanib, RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.
«Tbilisi Interpol xizmati va IIV patrul politsiyasining Ajariya departamenti «Batumi aeroporti» nazorat-ötkaziş punkti xodimlari hamkorlikda ötkazgan amaliyot natijasida Batumi aeroportida Toşkent Interpoli tomonidan xalqaro qidiruvda bölgan AQŞ fuqarosi, 1978 yilda tuğilgan L.K. qölga olindi», – deyilgan xabarda.
Qayd etilişiça, Özbekiston hukumati uşbu şaxsni Jinoyat kodeksining bir qança moddalari böyiça ayblagan: jinoiy guruh tuziş, qöporuvçilik harakatlari amalga oşiriş, şuningdek, noqonuniy ravişda öq-dori saqlaş.
Hodisaning boşqa tafsilotlari aniqlaştirilmoqda.












