Özbekistonning elektron tölovlar bozori faol ösmoqda, zero tranzaksiyalar soni, tölov servislari tomonidan qayta işlanuvçi pul vositalari hajmi oşib bormoqda. Mobil tijorat va tölovlar orqali töldirilib borilayotgan elektron pullarni qöllaş kölami ham kengaymoqda. 2016 yil özbekistonliklar tomonidan plastik kartalar orqali amalga oşirilgan tölovlarning eng sermahsul davri böldi. «UZCARD» banklararo tölov tizimi 2016 yilgi faoliyatini sarhisob qildi.

Naqd pulsiz tölovlar

Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM)ning monitoring natijalari tahliliga köra, tölov kartalari yordamida amalga oşirilgan xaridlar soni 2016 yilda tezkor sur'atlarda ösgan.

Plastik kartalar böyiça tranzaksiyalarning umumiy soni 1018,0 million donani taşkil qilgan va 2015 yilga nisbatan 81 foizga oşgan (2015 yilda - 561,8 million dona).

2016 yilda tranzaksiyalarning umumiy summasi 53,3 trillion sömni taşkil qilgan va ötgan yilga nisbatan 74 foizga oşgan (2015 yilda - 30,7 trillion söm).

E-Commerce

Elektron tijorat böyiça yakuniy ma'lumotlarning körsatişiça, 2016 yilda YaUPM bilan bir vaqtda respublikaning ba'zi tijorat banklari ham elektron tijorat sohasida öz mahsulotlarini mahalliy bozorga olib çiqişgan. Özbekistonliklar borgan sari köproq mobil qurilmalardan foydalanib, onlayn-tölovlarni amalga oşirişmoqda.

2016 yilda Özbekistonda elektron tijorat barqaror ösişni namoyiş etdi. YaUPM ekspertlari baholariga köra, ötgan yili mamlakatdagi onlayn-biznes 2015 yilga nisbatan katta tezlikda rivojlandi. Masalan, 2016 yilda e-commerce tranzaksiyalari soni 155,3 million donani taşkil qilgan, bu 2015 yilga nisbatan 90 foizga köp demakdir (2015 yilda - 81,8 million tranzaksiya qayd etilgan).

2016 yilda elektron tijorat böyiça tranzaksiyalarning umumiy summasi 998,192 milliard sömni taşkil qildi, ya'ni 2015 yilga nisbatan 130 foizga oşdi (2015 y - 433,398 milliard söm).