Internetda avstraliyalik mototsiklçi oxirgi lahzalarda tezyurar poyezd tagiga tuşişdan qutulib qolgani videosi paydo böldi.

The Telegraph naşrining xabar berişiça, voqea Viktoriya ştatidagi Ballan şahri yaqinida yuz bergan. Erkak temir yöl kötarmasiga çiqqanida uning mototsikli temir yöl izlari orasida tiqilib qolgan. Erkak unga qarab kelayotgan poyezd ğildiraklari ostidan tom ma'noda çiqib ketişiga töğri kelgan.

Poyezd maşinisti Kolin Şarpning aytişiça, yölovçi poyezdi soatiga 160 km. tezlik bilan kelayotgan bölgan. Videoda u mototsiklçini ogohlantiriş maqsadida gudok berganini eşitiş mumkin.

Şarp bu videoni "barça qoidabuzarlarga saboq bölsin", deb e'lon qilganini aytdi. Uning aytişiça, temir yöldan ötiş joyi voqea joyidan bor-yöği 50 metr nariroqda bölgan.