Eron armiyasi generali Qosim Sulaymoniy Moskvaga keldi, deb xabar qilmoqda AQŞning Fox News telekanali Amerika razvedkasidagi manbalariga tayangan holda.
Ma'lumotlarga köra, Sulaymoniy yuqori lavozimli davlat mulozimlari bilan uçraşiş maqsadida Moskvaga kelgan. Ta'kidlanişiça, Eron generali şu bilan BMT rezolyutsiyasini buzgan. U BMTning mamlakatini tark etişi taqiqlangan kişilar röyxatiga kiritilgan.
Xabar qilinişiça, Sulaymoniy Vnukovo aeroportiga kelgan va Rossiyada bir neça kun qolişni rejalaştirgan.
Mazkur taşrif borasida rasmiy izohlar berilgani yöq.












