Nyu-York mahalliy hukumati şahar tumanlaridan birida yaşovçi fuqaro kalamuşlar tomonidan tarqatiluvçi leptospiroz yuqumli kasalligidan vafot etgani tufayli favqulodda yiğiliş ötkazadi. U bugun, çorşanba kuniga belgilangan. Bu haqda NBC New York telekanali xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga köra, kasallik Bronksning yana ikki nafar fuqarosida aniqlangan, ular ayni damda bu xastalikni yengişga muvaffaq bölişgan.

"Kasallik jiddiy bölişi mumkin, biroq u antibiotiklar yordamida davolanadi", - deya xabar berdi soğliqni saqlaş departamenti. Departament xodimlari kemiruvçilar bilan kuraş uçun barça tegişli çoralarni körmoqda.

Şifokorlar Bronks aholisiga kalamuşlar yiğilişi mumkin bölgan joylardan uzoqroq yuriş va qöllarni yaxşilab yuvişni maslahat berişdi. Biroq, mahalliy aholi vakillarining sözlariga köra, buning iloji yöq: hamma yoqda "kalamuşlar tiqilib yotibdi va ular nafaqat binolarda, balki poyezdlar ham ular bilan töla".

Ta'kidlanişiça, vahima şu darajada kattaki, Qizil xoç taşkiloti tumandagi sakkizta oilaga vaqtinçalik turar-joy taqdim etgan.