14 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Yöl xöjaligini boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.

Farmon avtomobil yöllari va sun'iy inşootlarni loyihalaştiriş, quriş va foydalaniş jarayoniga kompleks yondaşiş asosida yöl xöjaligini boşqarişning samarali tizimini şakllantiriş, ularni moliyalaştiriş tizimini takomillaştiriş, loyihalaştiriş va yöl-quriliş işlari sifatini oşiriş imkonini beradigan tölaqonli buyurtmaçi xizmatini yaratiş maqsadida qabul qilindi.

Farmonga köra, «Özavtoyöl» DAK (davlat-aksiyadorlik kompaniyasi) tugatiladi. Uşbu avtomobil yöllari quriş va foydalaniş davlat-aksiyadorlik kompaniyasi negizida Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi taşkil etiladi.

«Özavtoyöl» DAK Özbekiston Respublikasi birinçi prezidentining 2003 yil 19 avgustdagi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 361-sonli qarori asosida taşkil qilingandi. 

Uşbu kompaniya taşkiliy boşqaruv tuzilmasi asosan mamlakatdagi avtomobil yöllarining barça tarmoqlari ehtiyojlarini töla ravişda qoplaşni ta'minlaşga qaratilgandi. Şunga köra, avtomobil yöllari yagona tarmoğidagi transport vositalarini uzluksiz va töliq ta'minlaş vazifasi ham şu faoliyat doirasida bölgan.