Rossiyaning Tula şahrida 5 kişini, jumladan 3 nafar bolani öldirganlikda aybdor deb topilgan Özbekiston fuqarosiga çiqarilgan umrbod qamoq jazosi hukmi öz kuçida qoldirildi, deb ma'lum qildi Tula viloyati prokuraturasi.

Sud 2016 yil 17 noyabrda 30 yoşli Sirojiddin Şeraliyevni sodir etgan qotilliklari uçun umrbod ozodlikdan mahrum qilgandi. 

"Bugun 2017 yil 15 fevralda Rossiya Oliy sudining jinoiy işlar böyiça sud hay'ati Tula viloyati sudining hukmini özgarişsiz qoldirdi. Sud hukmi qonuniy kuçga kirgan", deyilgan xabarda. Ta'kidlanişiça, Şeraliyevdan sud tomonidan jabrlanuvçining davolanişi uçun ketgan 20 309 rubl undirilgan hamda 3,5 mln rubl miqdorida ma'naviy zarar tölaş da'vosi qondirilgan. 

Rossiya tergov qömitasining viloyat boşqarmasida ta'kidlanişiça, tergov davomida 100 dan ortiq guvoh söroq qilingan, 40 dan köproq sud ekspertizasi ötkazilgan. Işning barça tafsilotlarini örnatiş uçun tergovçilar nafaqat Rossiya, balki Özbekistonda ham tergov-tezkor tadbirlar ötkazganlar.

2015 yil 30 may ertalab Tuladagi Kosaya Gora posyolkasidagi xonadonlardan birida ikki nafar piçoqlangan ayol va uç nafar bola jasadi topilgan. 10 va 11 yoşli ikki qiz va ularning 5 yoşli ukasi, bolalarning 29 yoşli onasi va 49 yoşli buvisi halok bölganlar. Halok bölgan bolalarning 8 yoşli ukasi hamda ayollardan biri bilan yaşagan 38 yoşli erkak şifoxonaga yetkazilganlar. Qotillikda gumon qilinib, Rossiyada noqonuniy yaşagan özbekistonlik qölga olingandi. Ta'kidlanişiça, qotil bolalarning onasi bilan işqiy munosabatlarda bölgan. 

Jinoiy iş bir neçta moddalar böyiça olib borilgan.