Şahar-davlat dunyoda davom etayotgan moliya-kredit inqiroziga qaramay gullab-yaşnaşda, rivojlanişda davom etadi. Aniqroği, Singapur hukumati öz fuqarolarini şunday bölişiga işontirmoqda. Mamlakat aholisi esa, hukumat va'dasini şubha ostiga qöyişlariga heç qanday asosga ega emas. 

Şunday qilib, Singapur 7ta asosiy taraqqiyot yönalişi: moliya, transport xizmatlari, logistika, şaharsozlik, soğliqni saqlaş, raqamli iqtisodiyot va ilğor işlab çiqarişni tanlab oldi. 

Endilikda, xorijiy sarmoyadorlar Singapurda öz fondlarini oçişi osonroq böladi. Kelajak iqtisodiyoti böyiça qömita çet el sarmoyasini jalb qiliş usullarini imkon qadar soddalaştiriş va normativ-huquqiy hujjatlarni yanada qulaylaştiriş fikrini ilgari surmoqda. 

Aytiş joizki, dunyoning aksar mamlakatlari uçun futurizm (kelajakka doir) hisoblanuvçi ayrim narsalar Singapur uçun haqiqatdir. Jumladan, yana öşa qömita barçani zudlik bilan kiberxavfsizlikni örganişga çaqirmoqda. Bu iqtisodiyot uçun ham, şahar-davlatning umumiy milliy xavfsizligi uçun ham muhim sohadir. 

Şu bilan birga, Singapurning barça fuqarolari kelajak bozorlarida imkoniyatga ega böladi. Hozirdanoq, SkillsFuture nomli maxsus reja amalga oşirilmoqda. Uning yordamida istagan kişi yangi, istiqbolli kasbni egallaşi mumkin. 

Ta'kidlaş kerak, Singapur bir neça yillardan buyon dunyoning eng aqlli şaharlari röyxatini tark etgani yöq. Bolalar raqamli savodxonlikni maktabgaça ta'lim muassasasida örganişadi. Örta ta'lim sifati esa Osiyoda eng yaxşisi hisoblanadi. Ekspertlarning fikriça, 2050 yilga borib, Singapur 50 foizga elektrtransport bilan ta'minlanadi. Bugungi kundayoq, şahar köçalarida bepul elektr taksilarni uçratiş mumkin.