Uçinçi muddatga qayta saylangan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov davlat bayroği kuni munosabati bilan 828 mahbusni afv etdi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesi ma'lum qildi.   

Prezident afv etiş haqidagi farmonni hukumat va Davlat xavfsizlik kengaşining prezidentlik saylovlariga bağişlangan qöşma majlisida imzoladi. Turkmanistonda davlat bayroği kuni 19 fevralda nişonlanadi.

Farmon afv etilgan odamlarni asosiy hamda qöşimça jazodan ularga ma'lum hududda yaşaş majburiyatini yuklaş bilan ozod etadi. 

Prezident huquq-tartibot muassasalari rahbarlariga afv etilganlar bayramni öz yaqinlari davrasida ötkazişlari uçun ularning öz vaqtida uylariga yetib borişlarini ta'minlaşga körsatma berdi. Turkmaniston prezidenti şuningdek mahalliy hokimiyat organlariga afv etilganlarga iş topişda kömak körsatişni topşirdi.

Turkmanistonda afv etiş aksiyalari davlat bayramlari munosabati bilan bir yilda bir neça marotaba ötkaziladi. Bundan avvalgi amnistiya ötgan yil dekabrida Betaraflik kuni munosabati bilan ötkazilgan va unga köra 561 nafar mahbus ozodlikka çiqarilgandi.