Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni imzolagan «Yöl xöjaligini boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni asosida tugatilgan «Özavtoyöl» (Özbekiston Avtomobil yöllari quriş va foydalaniş davlat-aksiyadorlik kompaniyasi) örnida Özbekiston Avtomobil yöllari davlat qömitasi taşkil etiladi. 

Farmon «avtomobil yöllari va sun'iy inşootlarni loyihalaştiriş, quriş va foydalaniş jarayoniga kompleks yondaşiş asosida yöl xöjaligini boşqarişning samarali tizimini şakllantiriş, ularni moliyalaştiriş tizimini takomillaştiriş, loyihalaştiriş va yöl-quriliş işlari sifatini oşiriş imkonini beradigan tölaqonli buyurtmaçi xizmatini yaratiş maqsadida» qabul qilingan.

Avtomobil yöllari davlat qömitasi majburiyatlar va şartnomalar, şu jumladan, xalqaro şartnomalar böyiça «Özavtoyöl»ning huquqiy vorisi hisoblanadi hamda avtomobil yöllari sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Avtomobil yöllari davlat qömitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari etib quyidagilar belgilangan:

- avtomobil yöllari sohasida yagona texnika siyosatini olib boriş;
- avtomobil yöllarini rivojlantiriş davlat dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
- avtomobil yöllari tarmoqlarini rivojlantiriş va takomillaştiriş istiqbollarini belgilaş;
- avtomobil yöllarining xalqaro tranzit yölaklarini şakllantiriş;
- zamonaviy transport oqimi şaroitlarida avtomobil yöllaridan foydalanuvçilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yöllarini moliyalaştiriş, loyihalaştiriş, quriş, ta'mirlaş va ulardan foydalaniş masalalari kompleks hal etilişini ta'minlaş hamda buyurtmaçi xizmatining samarali faoliyatini taşkil etiş;
- avtomobil yöllarini quriş, rekonstruksiya qiliş, ta'mirlaş va saqlaş sifati ustidan nazoratni amalga oşiriş;
- xöjaliklararo qişloq avtomobil yöllarining, şaharlar, şahar posyolkalari, qişloqlar va ovullar köçalarining mavjud tarmoği saqlanişini ta'minlaş işlarini muvofiqlaştiriş, ularning yuqori transport-foydalaniş darajasida bölişini ta'minlaş;
- ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş, avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş, ta'mirlaş va saqlaş sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etiş;
- avtomobil yöllari sohasida kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişni, şu jumladan, çet ellarda öquv-amaliyot kurslari va seminarlar taşkil etiş.