Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş Davlat inspeksiyasi taşkil etiladi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni imzolagan «Yöl xöjaligini boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida keltirilgan.

Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari quyidagilar böladi:
- yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan yöl qurilişi işlarida, yöl-quriliş materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni işlab çiqarişda texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilişini nazorat qiliş; 
- qurilişi tugallangan yöl obektlarini foydalanişga qabul qiliş böyiça komissiyalar işida qatnaşiş; 
- yöl qurilişi yuzasidan şaharsozlik qonunçiligiga rioya qilinişi ustidan nazorat qilişni taşkil etiş borasida texnik jihatdan tartibga soliş sohasida normativ hujjatlarni takomillaştirişga doir takliflar kiritiş va unda iştirok etiş; 
- yöl-quriliş materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş işlarini olib boriş.

Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida hukumat qarorini qabul qiliş haqida körsatma berilgan.