AQŞ sobiq davlat kotibi Jon Kerri Yyel universiteti ta'lim dasturiga mas'ul böladi. U kelasi öquv yilidan öz faoliyatini boşlaydi, deb xabar berdi Associated Press agentligi.
Uning ma'lumotiga köra, dastur global muammolarni hal qilişga qaratilgan böladi. Kerri seminarlar ötkazib, talabalar bilan “tan olinmagan davlatlar, avtoritarizm çaqiruvi, zöravonli ekstremizm hamda iqlim özgarişi” kabi mavzularni muhokama qiladi. Universitet rahbariyati yangi dastur yangi siyosiy yondaşuvlarni işlab çiqişga yordam berişidan umidvor, deb xabar qiladi agentlik.
Jon Kerrining özi ham Yyel universitetini 1966 yilda tamomlagan.
Ma'lumot uçun, Yyel universiteti AQŞdagi xususiy tadqiqot universiteti bölib, mamlakatdagi mustaqillik uçun uruşgaça bölgan davrda taşkil etilgan. U Harvard va Prinston universitetlari bilan birgalikda öziga xos “katta uçlik”ni taşkil qiladi.












