Özbekiston prezidentining «Pul muomalasini yanada takomillaştiriş va bank plastik kartalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori faqat köçmas savdo nuqtalariga taalluqli bölib, dehqon bozorlaridagi sotuvçilar 1 martdan keyin ham terminalsiz faoliyat yuritişi mumkin. Bu haqda «Novosti Uzbekistana» naşrining Davlat soliq qömitasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar bergan.
«Prezident tomonidan imzolangan hujjat faqat köçmas savdo nuqtalari — oziq-ovqat va buyum dökonlari, jumladan, bozorlardagi dökonlar, savdo şoxobçalari, bekatlardagi Paynet şoxobçalari, qahvaxonalar, sartaroşxonalar va hokazolarga taalluqlidir», degan davlat soliq qömitasi matbuot kotibi Muzaffar Nazarov.
U dehqon bozorlari savdo qatorlari deb yuritilişini qayd etib ötgan.
Özbekistonda 1 martdan terminalsiz savdo qiliş va pulli xizmat körsatiş taqiqlanadi











