Turkmaniston prezidentligiga qayta saylangan Gurbanguli Berdimuhamedovning inauguratsiya marosimi ötkazildi. «Turkmaniston: oltin asr» gazetasining yozişiça, u Ruhiyat saroyida «turkman xalqiga va davlatga sadoqat bilan xizmat qilişi»ni aytib qasamyod qilgan.
Mamlakat rahbari öng qölini konstitutsiyaga qöyib, «zimmasidagi mas'uliyatli vazifalarni vijdonan bajariş»ga, şuningdek, «Turkmanistonning mustaqilligi va betarafligini himoya qiliş»ga, «turkman xalqini birlaştiriş va tinç hayotni ta'minlaş uçun özining bor kuçini yönaltiriş»ga qasamyod qilgan.
Şundan söng unga Turkmaniston prezidenti guvohnomasi topşirilgan, davlat madhiyasi yangragan, marosimning barça iştirokçilari madhiyani jör bölib ijro etgan.
Turkmanistonda prezidentlik saylovlari 12 fevral kuni bölib ötdi. Unda Turkmanistonning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov 97,69 foiz ovoz töplab, uçinçi muddatga respublika prezidenti etib saylandi.












