Özbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasi instituti fuqarolik jamiyatining noyob modeli böldi. Aholining özi yaşab turgan joydan Prezidentning vakolatli vakili orqali bevosita Davlat rahbariga murojaat qiliş, taklif kiritiş imkoniyati yaratildi. Hali siyosatçi, tarixçi va tadqiqotçilar davlat qurilişidagi bunday ilgari heç qayerda uçramagan omil xaqida öz fikrlarini aytarlar. Lekin barça darajadagi muloqot imkoniyati har qanday demokratik tamoyilning yuksak körinişiga mosdir.
Marğilon şahrida sal kam uç yuz ming aholi yaşaydi. Tabiiyki, xalq qabulxonalari orqali ularning ham u yoki bu muammolari hal etilmoqda.
– Xizmat körsatiş, huquqni muxofaza qiliş idoralari rahbarlari eşiklari ham hamişa oçiq, - deydi “Nuroniy” jamğarmasi şahar bölimi raisi Turğunboy Nişonov. – Bundan taşqari, şahar prokurori Akmalxöja Mavlonov taşabbusi bilan sayyor qabulxona ham taşkil etildi.

Biz Marğilonga keça, payşanba kuni kelganimizda maxsus jihozlangan avtobus Toşloqtepa mahallasiga yöl olgan ekan. Unda şaharning prokurori, IIB boşliği, aholiga xizmat körsatiş tarmoqlari, jamoat taşkilotlari rahbarlari bor edi.
Katta zalga yiğilgan uç yuz çoğli aholi bilan dastlab jinoyatçilikning oldini oliş, aholi huquqiy savodxonligini oşiriş yuzasidan hayotiy misollar, qonuniy hujjatlarga asoslangan samimiy muloqot böldi.

- Men Marğilonda ba'zi sabablarga köra ikki yil bölmadim. Kelsam dadamdan qolgan uyni singlim öz nomiga rasmiylaştirib olibdi. Uning menga tegişli qismini qaytarib olib bersangiz, - deb murojaat qildi N.ismli ayol (uning şa'nini hurmat qilgan holda ismini oşkor etmadik).
- Balki otangiz vasiyat qilgandir? – savolga savol tuğildi.
- Bilmasam ...

Şu yerda iştirok etayotgan kadastr, notarial idora xodimlari ayol murojaati mohiyatini örganib masalaga oydinlik kiritiş va qonuniylikni ta'minlaş çoralarini köriş majburiyatini oldi.
- Köçamizda suv tarmoği ta'mirlanayotgan edi. 35 xöjalik içimlik suvidan uzib qöyildi...
Mösojon ota Niyozovning bu murojaatiga ham huquqiy yeçim bor ekan. Prokuror şaharda ta'mirlaş işlari yakunlangunga qadar suvoqova idorasining toza içimlik suvi yetkazib beradigan maxsus avtomaşinasi har kuni şu köçaga kelib turişini öz nazoratiga oldi.
Uy–joy ajratiş, plastik kartoçka terminallari yetişmasligi, nogironlarning huquqlari kabi bir qator savollarga qonun va me'yoriy hujjatlar asosida tuşuntiriş berildi.
- Ilgari prokuror kim, melisa boşliği kim tanimas ham edik. Mana endi ular xalq içiga kirib, ularni tinglab, amaliy yordam berib yuribdi. Bu işlar taşkilotçisi davlatimiz rahbariga rahmat, - dedi biz bilan suhbatda mahalla oqsoqollaridan biri Abdulaziz aka Ölmasov.
Darhaqiqat, sayyor qabulxona uçun endi iş boşlangan edi.
- Marğilonda 56 ta mahalla bor. Prokuror söroviga köra faollar har bir köçadagi bemor, nogiron ammo arzi bor şaxslarni aniqlab röyxatga oldi. Taşkil etilgan sayyor qabulxona jadval asosida mahallalarga bormoqda, - deb izoh berdi bizga “Mahalla” jamğarmasi şahar bölimi raisi Muhammadali Isoqov.
Birinçi guruh nogironi Muxtorjon ota Abdusattorov aravaça masalasida murojaat qilmoqçi ekan. Uning xonadoniga sayyor qabulxonaning “kutilmagan” odamlari kutilgan sovğani olib kelganida otaning közlariga yoş keldi. Duoga qöl oçib Özbekistonimizga tinçlik, ravnaq, davlatimizga yuksak nufuz tiladi.
Kam ta'minlangan Abdurasul Kamolov xonadonini çaqirib borib “Xalq banki”ning ikki yillik imtiyozli krediti asosida emlangan tovuqlar va dastlabki haftalarga yetgulik ozuqasini berişdi.

- Tovuqlarning tuxum tuğiş darajasi 90 foizni taşkil etadi, - dedi sayyor qabulxona vakili Muhammadjon Hamdamov. – Mana bu telefonlarimiz. Biron maslahat kerak bölsa keça-kunduz sörayverasiz.
Xonadon sohibasi Odina Kamalova quvonçini yaşira olmadi.
- Endi qöni-qöşnilar ham bozorga bormaydilar, tuxum olgani...
Muqimjon otaning ikki yoşli nabirasi Muhammadtolip oğir kasallikka çalingan ekan.
- Bularni Alloh yetkazdi, bizga, - deydi otaxon. – Zora nabiram şifo topsa...
Sayyor qabulxona bemor xonadoniga darhol tegişli soha şifokorlarini çaqirdi. Dastlabki xulosalarga köra uni ixtisoslaşgan klinikaga yotqizib davolaşga qaror qildilar.
Muhammadtolipning onasi Maqsudaxon Jabborova umid bilan şifokorlarga ergaşdi.
Kun keç böldi. Lekin köçalarda sayyor qabulxona kelganini eşitgan, körganlar xam ularga murojaat qilaverar edilar.

Kun.uz muxbiri Muhammadjon Obidov












