«Barselona» hujumçisi Lionel Messi «Mançester Siti»ni boşqarib turgan Xosep Gvardiolani Kataloniyaga qaytişga köndiriş uçun urinib köradi.

The Sun tabloidi yozişiça, uşbu argentinalik futbolçi jamoasining Çempionlar Ligasi nimçorak finalida «PSJ»ga yirik hisobda yutqazişidan keyin sobiq ustozi bilan aloqaga çiqqan. U «Barselona»ning hozirgi boş murabbiyi Luis Enrike jamoaga yomon ta'sir körsatmoqda, degan fikrda.

Ma'lumot uçun, Gvardiola futbolçilik faoliyatining asosiy qismini kataloniyaliklar jamoasida ötkazgan, 2008-2012 yillarda jamoani boş murabbiy sifatida boşqargan. Uning rahbarligida jamoa 3 marta Ispaniya çempioni, 2 martadan mamlakat kubogi va Superkubok sohibi bölgan. Şuningdek, Gvardiola va jamoa Çempionlar ligasida, Yevropa Superkubogida va klublar örtasidagi jahon çempionatida ikki martadan zafar quçgan.

Bundan oldinroq, «Barselona» rahbariyati ham futbolçilarning murabbiyga işonçsizligi tufayli u bilan hamkorlikni töxtatiş niyatida ekani haqida xabar berilgandi.