14 fevraldan “Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi uçiş tarkibi va bortkuzatuvçilar uçun maxsus liboslar dizayni işlab çiqiş böyiça tanlov e'lon qildi.
Tanlovda turli mulk şakliga ega taşkilot, firma va kompaniyalar, jumladan kiyim-keçak dizaynini 5 yildan kam bölmagan muddatda tayyorlangan va işlab çiqargan kiçik va örta biznes korxonalari iştirok etişi mumkin.
Da'vogarlar tanlovda faqatgina bitta murojaat bilan iştirok etişlari mumkin. U mustaqil ravişda yoki kiyim-keçak dizayni işlab çiqiş va tayyorlaşga ixtisoslaşgan boşqa kompaniyalar bilan konsorsiumda topşirilişi mumkin.
Tanlov iştirokçilari yuridik şaxslar sifatida röyxatdan ötkazilişi hamda uşbu xizmat turini körsatiş böyiça tegişli huquqqa ega bölişlari kerak.
Tanlovga takliflar ikkita konvertda, uning bitta nusxasi rus tilida bölgani holda qabul qilinadi.
Takliflar 2017 yilning 20 mart kuni 17:00gaça qabul qilinadi.












