Özbekiston va Qozoğiston mutaxassislari aholini Ugam daryosidan toza içimlik suvi bilan ta'minlaş böyiça yirik kölamli loyiha masalalarini muhokama qilişdi, deb ma'lum qildi Janubiy Qozoğiston viloyati hokimi matbuot xizmati. 

Ugam daryosi transçegaraviy hududda joylaşgan. Agar ikki tomon kelişa olsa, Qozoğistonning Sariyoğoç, Qaziğurt, Maqtaaral, Şardara tumanlarida 2020-2030 yillarda bir millionga yaqin kişini toza suv içimligi bilan ta'minlaş böyiça mega-loyiha amalga oşiriladi.

16 fevralda Janubiy Qozoğiston viloyati hokimi Jonseit Tuymebayev Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi oqar suv masalalari böyiça davlatlararo işçi guruhi vakillari bilan uçraşdi. Bu guruh Özbekiston va Qozoğiston prezidentlari örtasidagi kelişuvga köra yaratilgan.  

"Bizda birgalikda hal qilinişi kerak bölgan köplab masalalar bor. Men aminmanki, suv zaxiralari, oqar va toza içimlik suvini özlaştiriş böyiça masalalar özining ijobiy yeçimini topadi", deb aytdi Jonseit Tuymebayev. 

"Oqar suvlarni özlaştiriş hamda toşqinlar vaqtidagi qiyinçiliklar ikkala tomon uçun umumiy muammo hisoblanadi. Şuning uçun bu masalalarni hal qiliş uçun barça imkoniyatlardan foydalaniş kerak. Bu uçraşuv alohida ahamiyatga ega. Işonamanki, davlatlarimiz örtasidagi munosabatlar xalqlarimiz manfaati yölida yanada rivojlanib va çuqurlaşib boradi. Şu munosabat bilan men mehmondöstligingiz uçun samimiy minnatdorçilik bildiraman", deb aytgan Özbekiston qişloq va suv xöjaligi vaziri örinbosari Şavkat Hamroyev.        

Muzokaralar davomida tomonlar "Döstiq", "Zax" va "Xonim" kanallari suvlarini suv hajmiga mutanosib ravişda taqsimlaşga kelişib oldilar.