Yevropalik olimlar Alp toğlari 2100 yilga borib hozirgi qor qoplamining 70 foizini yöqotişini taxmin qilişmoqda. The Cryosphere jurnalida şunga bağişlangan tadqiqot haqida ma'lumot berildi. 

Joriy global isiş sur'atlarini inobatga oladigan bölsak, olimlarning taxminlari adolatli. Şunday bölgan taqdirda asr oxiriga borib dengiz sathiga nisbatan 2,5 ming metr pastda qor qoplami yöqoladi. Şuningdek çanği mavsumi ham 1,5 oyga qisqarişi taxmin qilinmoqda. Bundan taşqari, 3 ming metr balandlikdagi qor qoplami çuqurligi 40 foizga qisqarişi kutilmoqda. 

Mualliflarning ta'kidlaşiça, global isişdan eng köp dengiz sathidan 1,2 ming metrdan pastda joylaşgan toğ-çanği bazalari jabr köradi. Alpdagi barça obektlarning taxminan çorak qismi şu hududlarga töğri keladi. 

Şu bilan birga olimlar hodisalarning alternativ rivoji ehtimoli ham mavjudligini ta'kidlaşdi. Bu versiya Alp toğlarining joriy ekotizimi degradatsiyasini bekor qilmaydi, lekin uning kölamini pasaytiradi. Asr oxiriga borib örtaça global harorat Tselsiy böyiça ikki darajadan ortiq pasaymasa, qor qoplami maydoni hozirgi holatidan taxminan 30 foizgaça qisqarişi mumkin. 

Olimlarning xulosalari kompyuterda modellaştirişga asoslangan. Bunda toğlardagi qor qoplamlarining yöqoliş sur'atlarini baholaşga imkon beruvçi ALPINE3D paketidan foydalanilgan. Olimlar hukumat va işbilarmonlarni issiqxona gazlari çiqindilarini qisqartirişga çaqirişmoqda.