2017 yilda Xitoy hukumati mamlakat hududida 500dan köproq kömir konini yopmoqçi. Bu haqda Xitoy energetika böyiça davlat boşqarmasi saytida aytilgan.
Hujjat matniga köra, 2017 yilda kömir qazib oliş böyiça qöşimça quvvatlar qisqartirilişi davom etadi. Bundan taşqari xavfsizlikni ta'minlaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş va kömir qazib oliş texnologiyasi darajasini oşiriş böyiça qöşimça çoralar köriladi.
"Jiddiy falokatlar röy berişi mumkin bölgan konlar yopiladi, u yerdagi asbob-uskunalar eskirgan hamda resurslar kamayib bormoqda. Bu konlarda işlab çiqarişdagi xavfsizlikni ta'minlaş uçun yetarli şaroitlar ham yöq. Joriy yil davomida 500dan ortiq eski kon yopiladi, bu esa işlab çiqariş quvvatlarini taxminan 50 million tonnaga qisqartiriş imkonini beradi", - deya ta'kidlanadi matnda.
Avvalroq Xitoy hukumati sanoatning haddan taşqari köp işlab çiqariş quvvatlari bölgan sohalarida öziga xos “taklif” islohotini ötkaziş haqida e'lon qilgandi. Bu sohalarda taklif talabga qaraganda birmunça yuqori bölib, 2016 yilning martida islohotlar va rivojlaniş böyiça davlat qömitasi rahbari Syuy Şaoşi Xitoy yaqin beş yil davomida pölat işlab çiqarişni 100-150 million tonnaga, kömir hajmini esa – 500 million tonnaga qisqartirişi haqida ma'lum qildi.
Ma'lumot uçun, Xitoy toğ-kon sanoati dunyodagi eng xavflilardan biri bölib, bu yerda har yili minglab konçilar halok böladi. Hukumat sönggi yillarda xavfsizlik oşiriş ustida boş qotirmoqda. Xususan, 2015 yilning mart oyi boşida mamlakatning mehnat xavfsizligi böyiça davlat ma'muriyati mamlakat toğ-kon sanoatidagi 5 mingga yaqin kiçik konni yopiş rejasi haqida ma'lum qildi. Bu ölim bilan tugaydigan hodisalar sonini kamaytiriş maqsadida amalga oşiriladi.












