Xitoyning Xenan viloyati temir yöl vokzalida yangi xodim – robot-patrul iş boşladi. U XXR vokzallarida xizmat qilişni boşlagan birinçi robot nomiga ega böldi, deb yozmoqda China News Service agentligi.
Xabarlarga köra, robot-politsiyaçi Çjençjou şahrining tezyurar poyezdlar vokzalining kutiş zalida yölovçilarga xizmat körsatadi.
Robot mustaqil ravişda patrullik qila oladi, yölovçilarning yuzini skan qilib, şaxsini aniqlaydi. U, şuningdek, yölovçilarning savollariga javob berişi, havo haroratini ölçab, yonğin xavfidan ogohlantirişi mumkin.

Qayd etilişiça, bir hafta mobaynida robot sinov tariqasida işlaydi, şundan söng doimiy tartibda tungi smenada faoliyat körsatadi.
2016 yil sentabr oyida Xitoyning Şençjen aeroportining 3-terminalida AnBot patrul roboti iş boşlagan edi. Uning balandligi 1,49 metrni taşkil etadi, vazni 78 kilogrammdir. Robot soatiga 18 km tezlikda harakatlana oladi. Maşina 4ta yuqori ölçamli kamera bilan jihozlangan bölib, yölovçilarning yuzini aniqlay oladi. Ularning yuz suratlari aeroport xavfsizlik xizmatlariga yuborilişi mumkin.













