Videoroliklar sayti YouTube’dagi JerryRigEverything sahifasi muallifi yangi Huawei Mate 9 fabletini sinab kördi. U smartfonni qirilişi, korpusining deformatsiyasi va yonğinga çidamliligini tekşirgan. 

Dastlab bloger maxsus arra tişlari yordamida telefon korpusini qirilişlarga qançalik çidamli ekanini sinadi. Asosiy kamera va displeyni himoyalovçi şişa qoplama sinovdan a'lo darajada ötgan. Ammo, metall korpusning qirilişi juda oson bölsa-da, buni ham kamçilik, deb körsatiş töğri bölmaydi. Çunki, yengil qiriliş xususiyati ham materialning öziga xosligi hisoblanadi.

Huawei Mate 9 korpusining deformatsiyasiga doir sinov ança jiddiy bölgan. Telefon birinçi urinişdan egilgan, displeyi şişadan ajragan, albatta, uni joyiga qöyiş mumkin bölgan. Displey ham qizdirilgandan söng, yana tiklangan.