Bugun 18 fevral kuni Toşkentning «Lokomotiv» klubi taşkil topganiga 15 yil böldi. 2002 yilning aynan şu sanasi «Özbekiston temir yöllari» AJ qoşida mazkur klub taşkil topgandi.

Qisqa davrda jamoa köplab muvaffaqiyatlarga erişdi. 2003 yilda jamoa Özbekiston birinçi ligasida 2-örin, 2011 yilda esa liga ğolibligini qölga kiritdi. Şundan söng oliy ligada muntazam qatnaşişni boşlagan «temiryölçilar» bir marta Özbekiston çempioni (2016 yil), ikki karra Özbekiston kubogi sohibi (2014, 2016),bir marta Özbekiston superkubogi (2015), uç karra çempionatning kumuş medali sohibi (2013, 2014, 2015) va bir marta bronza medali sohibi (2012) bölişga muvaffaq böldi. Ötgan mavsumda jamoa OÇLda çorak finalga qadar yetib bordi.

Bu davrda jamoada Vadim Abramov, Xoren Oganesyan, Hakim Fuzaylov, Vyaçeslov Soloxo, Rustam Mirsodiqov kabi taniqli mutaxassislar faoliyat olib borişdi.