AQŞ bilan çegarada joylaşgan Syudad-Xuares şahrida juma kuni minglab meksikaliklar “jonli devor”ni taşkil etişdi. Bu prezident Donald Trampning çegarada devor quriş borasidagi rejalariga qarşi norozilik sifatida amalga oşdi.
Aktsiyada taniqli siyosatçilar, xususan Demokratik inqilob partiyasi asosçisi va mamlakat prezidentligiga uç karra nomzod Kuautemok Kardenas ham iştirok etdi. Excelsior’ning ta'kidlaşiça, norozilik namoyişiga çegara oldidagi Çiuaua ştati gubernatori Xaver Korral, Syudad-Xuares hokimi Armando Kabada va Amerikaning El-Paso şahri hokimi Oskar Lizerlar ham kelgan.
Namoyişçilar qölida atirgul bölgan, ular gullarni qöşni mamlakat aholisiga qarab silkitişgan. “Biz devorga döstlik devori bilan qarşi çiqamiz, turli ovozlar bitta joyga yiğilsa, yagona tovuş paydo böladi, turli qöllar bir-biri bilan boğlansa, bu biz birgalikda ekanimizdan darak beradi”, - deya ma'lum qildi Çiuaua gubernatori Korral.
AQŞ va Meksika munosabatlari Tramp hokimiyat tepasiga kelgaç jiddiy ravişda keskinlaşdi. U prezidentlik lavozimiga kirişganidan söng Meksika bilan çegarada devor quriş haqida körsatma berdi. Tramp Mexiko bu qurilişning barça sarf-xarajatlarini qoplaşi kerak, deb hisoblamoqda, ammo Meksika prezidenti buni keskin rad etdi.
















