2017 yil 17 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş, boşqariş va moliyalaştirişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqotlar yakuni böyiça salmoqli natijalarga erişgan olimlarni taqdirlaş böyiça takliflar ham tasdiqlandi. 

Endilikda yetakçi olimlarni taqdirlaş va e'tirof etiş uçun Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy rağbatlantiriş jamğarmasi taşkil etiladi.

Ma'lum bölişiça, Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy rağbatlantiriş jamğarmasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xöjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tuşgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi çegirma hisobidan şakllantiriladi. 

Şuningdek, yurtimizdagi yoş olimlarning yetakçi xorijiy ilmiy markazlarda qisqa muddatli stajirovkalari ham moliyalaştiriladi. 

Mazkur qarorlar yurtimizda faoliyat olib borayotgan olimlarning samarali mehnatlarini munosib baholaşda va ularni moddiy tomonlama rağbatlantirişda öz hissasini qöşadi.