Twitter ijtimoiy tarmoği rahbarlari internetda boşqalarga qöpollik qiluvçi hamda boşqa internet foydalanuvçilarni masxaralab, kamsitiş bilan şuğullanuvçilarga qarşi çoralar qabul qildi.

Twitter oxirgi yangilanişidan keyin ba'zi akkauntlarni bloklab, ularning postlarini döstlardan özgalarga körinmaydigan qilib qöygandi. Şunday iş orqali saytdan foydalaniş xavfsizligini ta'minlaş közda tutilgan, bloklangan foydalanuvçilarga poçta orqali ogohlantirişlar yuborildi.

BuzzFeed naşrida ma'lum qilinişiça, Twitter avvaldan internet bezorilari haqida ma'lumotlar töplagan, bittadan ortiq akkauntga tahdid va haqoratlar yozgan foydalanuvçilarga e'tibor qaratilgan. Endilikda bunday akkauntlarning ta'sir körsatiş doirasi çeklandi. Internet bezorilari (xamlar) boşqa foydalanuvçilardan qanday ajratib olinişi haqida rasmiy ma'lumot yöq.