Mercedes-Benz kompaniyasi Maybach markasining birinçi krossoveri G 650 Landaulet‘ni namoyiş qiladi. Yangi maşina premerasi Jyenevadagi xalqaro avtosalon doirasida bölib ötadi. 

Maşina çeklangan miqdorda, ya'ni 99 ta nusxada çiqariladi. Avtomobil kapoti ostidan V12 va 6.0  litr hajmli benzin dvigatel joy olgan. U 630 ot kuçigaça erişa oladi. Yöltanlamas landolet turidagi kuzovga ega. Bunday kuzovda orqa yölovçilar örindiqlari ustida oçiladigan tom böladi. 

Foto:  Daimler AG

Maşina salonida elektroprivodli, isitiş tizimi, ventilyatsiya va massajyorga ega örindiqlar joylaştirilgan, old yölovçi örindiği esa oyoq qöyiş uçun taglik bilan jihozlangan. Salonda şuningdek ikkita 10 dyuymli displey, klimat-kontrol, isitiş va sovitiş funksiyalariga ega bölgan stakan qöygiçlar örnatilgan.