Argentinaning Punta Tombo yarimoroli sohillariga millionlab magellan pingvinlari suzib keldi, ularni bu yerga baliq uvuldiriqlaridan endi çiqqan mayda baliqlar jalb qildi. Bu haqda AR axborot agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy aholining aytişiça, bunday köp sondagi pingvinlar oxirgi bir neça yil içida magellan pingvinlari koloniyasi uçun rekord körsatkiçdir. Sohil yaqinidagi mayda orolçalar sardina va ançous baliq turlari uvuldiriq soçib, köpayişi uçun juda mos keladi va aynan şu holat bunday köp sondagi pingvinlarni jalb qilgan.

Odatda pingvinlar Argentina va Çilining bu sohillariga sentabr-oktabr oylari kelib, bu yerda öz naslini voyaga yetkazmagunça qoladi. Martdan sentabrgaça ular şimolga, Braziliyaning janubigaça migratsiya qiladilar.
Magellan pingvinining böyi 50 sm ga yaqinni taşkil qiladi.














