Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Bryusselga taşrifi vaqtida Euronews telekanaliga bergan intervyusida uning mamlakati qöşni davlatlar bilan savdo qilişi zarurligini aytdi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Rossiya manfaatlarini hisobga olişi haqidagi fikrga izoh berdi.
Telekanal jurnalisti Atamboyevdan "Siz bu ittifoq köproq Rossiya manfaatlarini aks ettirişi va Lukaşenko aytgandek, Belarusda yuz bergandek, Qirğiziston ham nafsiz vaziyatda qolişi mumkin, deb hisoblaysizmi?" deb söradi.
Atamboyevning aytişiça, "mamlakat kimdir bilan savdo qilişi, qöşnilar bilan işlaşi lozim". Uning ta'kidlaşiça, agar Qirğiziston YeOIIga kirmaganda, respublika blokadada qolişi mumkin edi.
"2010 yilda Qozoğiston bizga 1,5 oylik blokada uyuştirgan, bizda hattoki qurbonlar ham bölgan. Şunday bölgan, çunki blokada – yomon narsa. Bizga qayergadir kiriş uçun muqobil taşkilot taklif qila olişadimi? Nima, Afğonistongami? Iltimos, biz bugunoq Yevropa Ittifoqiga kirişga tayyormiz. Men buni taklif qilganman, biroq menga bizda umumiy çegaralar yöqligini oçiqçasiga aytişgan. Unda bizga nima taklif qila olasiz? Bizda 6 mln kişi bor. Yakkalanib, junglilardek yaşaşimiz kerakmi? Biz rivojlanişimiz kerak, bizga bozor kerak", deb aytgan Atamboyev.
Jurnalist Atamboyevning YeOII birinçi navbatda Rossiya manfaatlarini aks ettirişi borasidagi fikrini söradi.
"Men bilmayman, Balki Rossiya yoki uning rahbarlari şunday istagandirlar. Biroq bugunda bu ittifoq foydalidir, misol uçun Qirğizistonga. Nimaga? Misol keltiraman. Rossiyada bizning yarim millionga yaqin mehnat muhojirlarimiz yaşaydi, bu insonlar mustaqillik yillarida turli sabablarga köra u yerga köçib ketganlar. Ba'zilar u yerda 20-30 yildan beri yaşamoqdalar. YeOIIga kirganimizdan keyin ularda juda bölmasa huquqlar paydo böldi. Avval ular u yerda qullardek bölganlar. Endi esa ularda huquqlar mavjud. Ular işga kira oladilar", deb javob berdi Qirğiziston prezidenti.












